Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MAHALLALARDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2024-07-26 08:27:28    67

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda Toshloq tumanida Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligini munosib kutib olish maqsadida “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.
Tuman hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan “Arabmazor” mahallasida “Ma’naviyat festivali” doirasida o‘tkazilgan tadbirda so‘z olganlar yurtimizda har sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, yangilanayotgan mahalla va qishloqlar, ularda yurtdoshlarimiz ijtimoiy muhofazasi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, jamiyatimizda xotin-qizlar faolligini oshirish, umuman, shu yurtning har bir fuqarosi qalbida daxldorlik hissini uyg‘otish kabi jihatlarni alohida e’tirof etdilar.
Tadbir so‘ngida aholiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.