Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SAYYOR QABUL: XORIJDA MEHNAT QILAYOTGAN FUQAROLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI KO‘RILDI

×

 2024-07-26 10:15:25    150

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan bandligini ta’minlash hamda xorijda mehnat qilayotgan tuman yoshlari bilan Zoom platformasi orqali suhbat olib borildi.
Respublika ishchi guruhi vakillari hamda tuman IIB boshlig‘i Avazbek Kattabekov ishtirokida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 30 nafar migratsiyadan qaytgan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan ishga joylashish hamda imtiyozli kredit olish masalalari joyida hal etildi. 
Sayyor qabuldan so‘ng, tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Zoom platformasi orqali xorijda mehnat qilayotgan toshloqliklar bilan suhbat tashkil etildi. Suhbat jarayonida ularning mehnat sharoitlari bilan tanishildi. Tumanda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida ma’lumotlar berilib, ularni vatanga qaytarish choralari ko‘rildi.