Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bugun Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi fuqarolar qabuli tuman xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tdi.
2024-07-30 17:29:47 107
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan fuqarolar qabulida asosan ishga joylashish, imtiyozli kredit ajratish, subsidiya asosida uy-joy bilan ta’minlash, davolanishi uchun moddiy yordam ajratish, bir martalik moddiy yordam tayinlash va yana bir nechta turdagi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Qabul davomida 40 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. 15 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, muddat talab etilgan 8 tasi nazoratga olindi. 17 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Qabulda sektor rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berdilar. Qabul so‘ngida tuman hokimi kunlik va sayyor qabullar davomida qabul qilingan murojaatlarning ijobiy hal etilish darajasini ham muhokama qildi. Belgilangan muddatda ijro etmagan, murojaatlarni ijobiy hal etilishiga befarq bo‘lgan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.