Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANI IIB TIZIMIDA "UCH AVLOD UCHRASHUVI" BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-08-01 16:29:27    87

PDF yuklash
Chop etish


O‘tmish va tarix-bu ikki so‘z o‘zining qamroviga juda katta ma’nolarni mujassam etgan. O‘tmish va tarixni yodga olib, u bilan har doim suhbatlashsak, ularning nasihatiga quloq tutsak, kelajakda maqsad qilgan yuqori marralarni zabt etish ham oson kechadi.
Shu maqsadda, ichki ishlar organlarining bosib o‘tgan yo‘llariga nazar tashlash borasida ham mamlakatimizda talaygina amaliy ishlar olib borilmoqda. Buning yorqin misoli sifatida, “Ustoz va shogird” ana’nasi, “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etilib, bugungi yosh avlod “tirik tarix” bilan yuzma-yuz bo‘lishiga imkon yaratdi.
Bugun Toshloq tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" o‘kazildi.
Unda so‘z olganlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan ko‘zlangan maqsad tarixdan to‘g‘ri saboq chiqargan holda buyuk kelajakka ildam qadam tashlash, shu bilan birgalikda, ustoz-shogird an’analarini yanada rivojlantirish ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Tadbir davomida faxriylar bugungi o‘zgarishlarga shukronalar aytish bilan bir qatorda kelajak yoshlarga o‘z ishlariga jiddiy yondashib vatan va yurt uchun sitqi dildan xizmat qilishlarini takidlashdi.
Taqdirlash marosimida leytenantlar I.Maxsudov, N Mo‘minxo‘jayev, M.Yunusov hamda M.Asqaraliyevlarga navbatdagi katta leytenant unvonlari tantanali topshirildi. Mayor I.Xaydarovga navbatdagi podpolkovnik unvoni berildi. Uzoq yillar profilaktika katta inspektori lavozimida xizmat qilgan mayor X.Muhiddinov nafaqaga kuzatildi.