Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MAHALLALARDA BAYRAM SHUKUHI

×

 2024-08-07 09:14:40    75

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani “Naymanbo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan  "Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida  “Ma’naviyat festivali” doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Festival doirasida mahallalarda o‘tkazilayotgan loyihalar aholi, ayniqsa yoshlar qalbida milliy g‘ururni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizga bo‘lgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Tadbirda so‘z olganlar mahalla ahlini eng ulug‘ va eng aziz ayyom bilan qizg‘in tabrikladilar. 
Mazkur festivalda tuman hokimligi, Madaniyat bo‘limi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.
Mustaqillik oqshomlari tumandagi har bir mahallalarda ana shunday ko‘tarinkilik bilan bo‘lib o‘tmoqda.