Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“QUYOSH PANELLARINI O‘RNATISH, ENERGIYA TEJAMKOR USKUNALARDAN FOYDALANISH” KUNNING DOLZARB MAVZUSI

×

 2024-08-14 08:21:56    102

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanida elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Sanoat zonasida bo‘lib o‘tgan seminarda tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, mahalla “yettiligi”, tashkilot va korxonalar vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi. 


Barchamizga ma’lumki, jahon iqtisodiyoti tarmoqlarida energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshmoqda. Shu bois inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash va barqaror rivojlanishga erishishda tabiiy resurslarni tejash, qayta tiklanuvchi, ekologik sof energiya manbalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. 
Seminarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalligi bo‘yicha batafsil ma’lumot berilib, barcha tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalari, aholi xonadonlarida, ijtimoiy va iqtisodiy idoralarda “Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish” bo‘yicha tizimli ishlar olib borish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. 
Shuningdek, quyosh paneli tushunchalari, tejamkor gorelka avfzalliklari, quyosh panellari uchun ajratiladigan kreditlar hamda quyosh paneli rasmiylashtirilishi bo‘yicha mas’ul mutasaddilarning ma’ruzalari ham tinglandi. Bundan tashqari mutaxassislar tomonidan energiya tejamkor gaz uskunalarini o‘rnatish, ularning afzalligi yuzasidan ham tushunchalar berildi. 
Seminar davomida muqobil energiya manbalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bugungi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalanib daromad topayotgan tadbirkorlar va aholi vakillari ham so‘z olib, muqobil energiya manbalari orqali topayotgan daromadlari haqida qatnashchilarga so‘zlab berdilar.