Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA “MEHNAT YARMARKASI” BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-08-15 16:21:25    52

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida ish bilan band bo‘lmaganlar, mehnat migratsiyasidan qaytganlar, IIB probatsiya guruhi ro‘yxatida turgan fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida 2-sektor hududidagi Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikumida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi” oyligi doirasida  mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. 
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 12 ta tashkilot va korxonalar 520 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Mazkur mehnat yarmarkasida 235 nafar fuqarolar qatnashgan bo‘lsa, shundan 64 nafar fuqarolarga ishga joylashtirish maqsadida yo‘llanmalar berildi.  
Bundan tashqari 93 nafar fuqarolarga jamoat ishlari, kasb-hunarga o‘qitish, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar berish to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berildi.