Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, YIGʻIM - TERIM MAVSUMINI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK.

×

 2024-08-16 17:11:45    192

PDF yuklash
Chop etish


PAXTAHOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, YIGʻIM - TERIM MAVSUMINI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK.


Toshloq tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi a’zolarining fermerlarga


MUROJAATI 

Qadrli vatandoshlar!Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlari!Bu yilgi tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, biz fermer va dehqonlar tomonidan respublika bo‘yicha 5500 gektardan ortiq maydonlarda chigit qadab, mashaqqatli mehnatimiz evaziga paxtadan mo‘l hosil yig‘ishtirib olish pallasida turibmiz.Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, yerdan mo‘l hosil yetishtirish – bu chinakam jasorat va matonat namunasidir. Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni ko‘radi va el-yurt dasturxonini to‘kin qilish yo‘lidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.Aslida buning zamirida Siz va bizning fidoyiligimiz orqalimamlakatimizning iqtisodiyotiga hissa qo‘shishdir. Shu muqaddas zaminda tavallud va tarbiya topgan, o‘zini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi inson o‘z davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerakdir.

Himmati baland mirishkor fermerlar!

Avgust oyida bajariladigan agrotexniktadbirlarning ahamiyati paxta hosildorligini oshirishda nihoyatda muhim. Negaki, hosilning ertagi, sifatli va mo‘l bo‘lishi ayni shu oydagi mehnat natijasi bilan o‘lchanadi. Zero, g‘o‘za agrotexnikasi talablarga muvofiq bajarilsa, rivoji tezlashib, ko‘saklarga ko‘sak qo‘shiladi, erta pishib yetiladi, hosilga baraka kiradi.Yuqoridagidan kelib chiqib, paxtadan yuqori hosil olish uchun avgust oyining keyingi 15 kunligidayana biz fermerlar tomonidan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘layotganliginihamda ortiqcha yetishtirilgan har bir kilogrammpaxta uchun qo‘shimcha daromad olishingizni yurakdan his etib, quyidagi tadbirlarni har qachongidan ham mas’uliyat bilan yondoshib amalga oshiraylik!birinchidan, barcha dehqonlarning o‘rni dalada bo‘lishi, ayniqsa suvchi, mexanizator, entomologlar o‘z ishiga o‘ta jiddiy yondashmog‘i darkor;ikkinchidan, g‘o‘zani yana bir marta sharbat usulidaqondirib sug‘orish, buning uchun suvchilarga barchashart-sharoit yaratib, tungi sug‘orishni yo‘lga qo‘ying;uchinchidan,zararkunanda hasharotlar – ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana, beda qandalasi, qora shira xurujidan himoya qilishni kuchaytiring, uyg‘unlashgan kurash choralarini keng qo‘llang;to‘rtinchidan,avgustda bajariladigan yumushlarning yana bir nozik jihati shundaki, bu paytga kelib, g‘o‘za qator oralarida sho‘ra, ituzum, qo‘y pechak, g‘umay, suv o‘ti kabi begona o‘tlar ham zo‘r berib o‘sadi.Gʻo‘zadan baland bo‘lib, hasharotlarni o‘ziga jalb etish bilan birga, turli zararli mikroorganizmlar ko‘payib, pastki yarusdagi ko‘saklarni chirishiga, makrosparioz va boshqa chirish kasalliklari ko‘payishiga olib keladi hamdag‘o‘zaga berilgan o‘g‘itni asosiy qismini o‘zlashtiradi.Shu sababli har bir dala yana bir marta ko‘zdan kechirilib, begona o‘tlarni suvdan keyin qo‘lda yulib olish va barcha paykallar begona o‘tlardan tozalanishiga jiddiy e’tibor qarating.beshinchidan,rivoji kechroq bo‘lgan g‘o‘za dalalarda chilpish ishlarini yakuniga yetkazing;oltinchidan,biologik stimulyatorlar bilan qo‘shimcha ishlov bering g‘o‘za rivoji kechki bo‘lgan dalalarda ham paxtani erta pishib yetilishiga va hosili barakali bo‘lishiga erishing;yettinchidan,avgust oyida g‘o‘za qator oralari tutashib-birlashib ketmagan dalalarda 1–2 martamayin kultivatsiya qiling.Lekin, qator orasida kultivatsiya shunday o‘tkazilishi kerakki, bunda, g‘o‘za tuplariga ziyon yetkazmasin, ko‘saklarni to‘kmasin, g‘o‘za poyalarini payxon qilmang. Shuning uchun, kultivatorlarni ishchi organlarini “Baliq sirti”qilib o‘rang;sakkizinchidan,ko‘chat soni qalin bo‘lgan, o‘sib ketgan va g‘ovlagan g‘o‘za maydonlarni pastki ko‘saklarning chirishini oldini olish uchun varaqalash ishlarini amalga oshiring; to‘qqizinchidan,har bir fermer xo‘jaligi rahbari paxtachilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda yanada ishlarni jadallashtirib, yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirib bu yil paxta hosilini o‘tgan yilgidan 4-5 syentnerga oshirib, yuqori daromad olishga erishing. Paxtachilikdagi bunday yuqori natijalar, avvalo, dehqon va fermerlar, paxta klasterlari hamda soha fidoiylari tomonidan tunu-kun qilingan mashaqqatli mehnatining, shuningdek, puxta o‘ylangan islohotlar va ilmiy yondashuvlarning munosib samarasi demakdir.Xabaringiz bor, keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizda asosiy e’tiborni suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish, xo‘jalik va korxonalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng muhimi, dehqon va fermerlarning og‘irini yengil qilishga qaratmoqdamiz.Hurmatli klaster korxonalari rahbarlari!Sizlarning e’tirofga arzigulik darajadagi biznes rejalaringiz asosida, bir necha yillar faqat xom-ashyo sifatida sotilgan tolalarimiz, bugungi kunda qayta ishlanib, tayyor mahsulot bo‘lib milliy iqtisodiyotimiz o‘sishiga va eksport salohiyatimiz mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.Qolaversa, Sizlarning rejalaringizni omili ham yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida sifatli yig‘ib olinishga bog‘liqdir. Shuning uchun quyidagi tadbirlarni og‘ishmay amalga oshiring!birinchidan,paxtaqabul qilish maskanlarini fermerlar xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan paxta xomashyosini qabul qilish masumiga tayyorlang;ikkinchidan,fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda paxtani yig‘ib-terib olish uchun ko‘ngilli terimchilarga shart- sharoitlar yarating.

Hurmatli fermer va dehqonlar!

Barcha imkoniyatlarni ishga solib mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan hosilingizni nes-nobud qilmasdan, yig‘ib-terib olishda ishchilaringiz hamda ko‘ngilli terimchilarga shart-sharoitlar yarating. 2024 yil hosiliniqisqa fursatlarda va sifatli yig‘ib olish ishlarini tashkillashda butun mas’uliyat Sizning zimmangizda ekanligini unutmang!Azizfermer va dehqonlar!Paxta yig‘im-terimi mavsumida shunday mehnat ko‘tarinkiligini tashkil qilaylikki, toki har bir O‘zbekistonlikman, degan inson o‘zini dehqondek his etsin. Bobodehqon yelkasidagi yukni ko‘tarishga kamarbasta bo‘lish, el-yurt tashvishiga sheriklik qilish, dehqonning zafarlaridan faxrlanish uchun kurashish hissi yuragingizda jo‘sh ursin!Barchangizni mazkur ezgu ishda ishtirok etishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, ona yurtimiz yanada obod bo‘lishi uchun munosib hissangizni qo‘shishga hamda 15 kun mobaynida paxta dalalariga yanada ishlov berishga va paxta yig‘im-terimi mavsumida faol qatnashishga da’vat etamiz! 

Toshloq tuman fermer, dehqon xo‘jaliklariva tomorqa yer egalari kengashi a’zolari