Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA PAXTA YIGʻIM-TERIMI OLDIDAN SEMINAR O‘TKAZILDI

×

 2024-08-23 18:58:50    37

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida paxta yig‘im-terimi hamda ochiq maydonlarga va g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishga bag‘ishlangan  seminarda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, sektor rahbarlari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar hamda daxldor mutasaddilar, nuroniylar ishtirok etdilar.
“Qumariq saxovati” MMTP hududidagi “Aminjon Buva MRM” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan seminarda yer maydonlarida g‘o‘za defoliatsiyalash tadbirlari, paxta-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish hamda 2025 hosili uchun don ekish mavsumini tizimli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Seminar davomida 3620 gektar g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini 1 sentyabr kunidan 10 sentyabr kuniga qadar sifatli yakunlash, maydonlarda yetishtirilgan 17900 tonna paxta hosilini qisqa fursatlarda terib olish hamda 2025 yil hosili uchun 4800 gektar maydonlarga don ekish ishlarini maqbul muddatlarda sifatli yakunlash to‘g‘risida mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, nuroniylar ezgu niyatlar bildirib, joriy yilgi paxta hosilini barakali bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.