Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOTIN-QIZLAR MANFAATLARI DOIMIY E’TIBORDA
2024-08-26 05:16:01 133
Bugun Toshloq tumanida viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda davomda 16 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, subsidiya asosida tikuv mashinasi olish, pishiriq pechi olish kabi 13 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 2 tasi nazoratga olindi. 1 ta murojaat bo‘yicha fuqaroga tushuntirish berildi.