Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga bayram sovg‘alari ulashildi

×

 2024-08-27 17:17:35    105

PDF yuklash
Chop etish


    O‘zbek xalqi azal-azaldan bolajon. Yurtimizning qaysi bir go‘shasiga bormang, bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarning guvohi bo‘lasiz. Farzandlar ko‘zidagi quvonchni ko‘rib, qalbingiz faxr va g‘ururga to‘ladi.
Bugun Toshloq tumanining "Yangiyo‘l" mahallasida "TOSHLOQ-FRUITS EXPORT" MCHJ tomonidan Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni!" shiori ostida xayriya bayram tadbiri o‘tkazildi. 
Bayram tadbiriga mahallaning kattayu-kichigi jam bo‘lishdi. Tadbirkor homiyligi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim bolalarga bayram sovg‘alari topshirildi. 
Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari  ishtirokchilarni bayram bilan qutladilar.