Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MUSTAQILLIK INSHOOTLARI

×

 2024-08-29 20:34:00    58

PDF yuklash
Chop etish


      Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida Toshloq tumanida ham yangi ishlab chiqarish ob’yektlari, uy-joylar va boshqa inshootlar foydalanishga topshirilmoqda. Bugun “Yoshlar” kichik sanoat zonasida bir nechta yirik ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatini boshladi. 
“Teknik innovatsion” MCHJning ochilish marosimida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Bu korxona miqyosi jihatidan ham, salohiyati jihatidan ham ulkan. Loyiha qiymati 2 mln. dollar bo‘lib, bu yerda ko‘chma yengil konstruksiyali avtomabillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalari hamda ko‘chma uylar, dam olish maskanlari ishlab chiqariladi. Ayni kunlarda korxonada 50 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi. Kelgusida qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushishi natijasida ish o‘rinlari 100 taga yetkaziladi. 
Shundan so‘ng, "UBEK INTEGRAL VODIY" MCHJ neft mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash ulgurji savdosining binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu maskanda 20 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi. 
"AXSHAK AGRO UNIVER SAVDO" xususiy korxonasi tomonidan avtomobillar uchun moy va antifriz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonada 20 ta ish o‘rni yaratilib, yiliga 9,5 ming tonna avtomobillar uchun kerakli moy va antifriz ishlab chiqarish imkoni mavjud.
Sanoat zonasida barpo etilgan “GS-lyuks textile” oilaviy korxonasi ham o‘z faoliyatini boshladi. Korxonada 50 ta doimiy ish o‘rni yaratildi. Bu yerda yiliga 120 ming dona tekstil mahsulotlari tayyorlash rejalashtirilgan. “Qo‘rg‘oncha” MFYda joylashgan "RIZO SIFAT NEFT" MCHJning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi hamda mahalla faollari ishtirok etib, bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar. 
Bayram arafasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yanada kengaydi. Bugun “Zarkent” MFYda joylashgan "ZAR-KOM-BAX" MCHJ tomonidan barpo etilgan zamonaviy klinika o‘z faoliyatini boshlab, bemorlar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatishni  boshladi.