Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA MUSTAQILLIK BAYRAMI KO‘TARINKILIK BILAN NISHONLANDI

×

 2024-08-29 20:36:28    231

PDF yuklash
Chop etish


   yni kunlarda mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik qutlug‘ shodiyonalari yurtimizdagi har bir oila, inson qalbiga o‘zgacha quvonch ulashayotir. 
Mustaqillik kuni tantanalari Toshloq tumanida ham keng nishonlandi. Tuman markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tgan asosiy bayram shodiyonasi barcha toshloqliklar hamda mehmonlarga cheksiz quvonch baxsh etdi.
Bayramni tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev kirish so‘zi bilan ochib, barchani eng ulug‘, eng qutlug‘ ayyom - Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda, xususan, tumanda bunyodkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilganligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, jonajon yurtimiz—Vatanni va bag‘rikeng, tanti elimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Bayram dasturi so‘ngida viloyatimiz xonandalar, shuningdek, poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini ulashishdi.
Mushaklar esa Mustaqillik bayrami osmoniga turfa ranglar qo‘shdi.
Bayram tantanalari tumanimiz mahallalari, madaniyat va san’at maskanlari, xiyobonlar, korxona va tashkilotlarda davom etadi.