Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BAYRAM TUHFASI: MAHALLA YOSHLARI UCHUN ZAMONAVIY SPORT MAYDONCHALARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-08-30 09:55:23    57

PDF yuklash
Chop etish


   “Besh tashabbus olimpiadasi” sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qolaversa, “Besh tashabbus olimpiadasi” g‘oliblariga mahallalarda universal sport maydonchalari qurish uchun davlat byudjetidan  mablag‘ ajratilishi natijasida yoshlar o‘rtasida sportga e’tibor yanada kuchaymoqda.  
Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida tumandagi “Jarqishloq”, “Obisiyo”, “Guzarboshi” hamda “Soybo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inlarida universal sport maydonchalari foydalanishga topshirildi. 
“Jarqishloq” MFY yoshlari “Besh tashabbus olimpiyadasi” doirasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasida Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallaganligi uchun 300 mln. so‘m mablag‘ evaziga sport maydonchasi qurib bitkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan “Obisiyo” mahallasida 300 mln. so‘mlik, “Guzarboshi” MFYda 200 mln. so‘mlik hamda “Soybo‘yi” mahallasi yoshlari uchun 200 mln. so‘m mablag‘ evaziga sport maydonchalari foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda nuroniylar, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdilar. Tuman hokimi mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar hamda bu yo‘nalishda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar hususida ta’kidlab o‘tdi.