Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BILIMLAR SARI CHORLAR BIRINCHI QO‘NGʻIROQ

×

 2024-09-04 10:40:18    73

PDF yuklash
Chop etish


    Bugun yurtimizdagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi. Bu  qo‘ng‘iroq bu yil birinchi marta maktab ostonasiga qadam bosgan bolakaylar uchun chin ma’nodagi ilk qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
Toshloq tumanidagi umumta’lim maktablarida ham yangi o‘quv yili "Bir bo‘lsak -yagona xalqmiz,birlashsak -Vatanmiz" shiori bilan boshlandi. 
Ayniqsa, tumandagi 15- umumta’lim maktabiga 1-sinfga qabul qilingan 116 nafar bolalarga tuman xokimi A.Djurabayev tomonidan  tantanali ravishda “Prezident sovg‘alari”ni topshirilishi bolajonlarga olam-olam quvonch ulashdi. 
2023-2024 o‘quv yilida “Tashabbusli byudjet” loyihasi natijasida maktabga sun’iy qoplamali stadion qurilishi boshlandi va 2024 yilning avgust oyida o‘tkazilgan loyiha 6 xonali qo‘shimcha bino loyixasi qo‘lga kiritildi. Shuningdek maktab yangi o‘quv yiliga shay xolatga keltirildi. Endilikda o‘quvchilar yangi qurilgan o‘quv binolarida barcha sharoitlarga ega sinfxonalarda ta’lim-tarbiya oladilar.  Bayramona ruhda o‘tgan “Bilimlar kuni” tadbirlari 15-umumta’lim maktabida ham keng nishonlandi. Unda so‘z olganlar  o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladilar. Maktabda “Bilimlar kuni” tadbirlari doirasida  “O‘zbekiston – mening Vatanim” shiori ostida “Mustaqillik darslari“ bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida tuman hokimi ta’lim dargohining 11-sinf o‘quvchilariga “Mustaqillik darsi” o‘tdi.