Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Bugun Toshloq tumanidagi 2-umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat”

×

 2024-09-23 18:00:12    21

PDF yuklash
Chop etish


   Bugun Toshloq tumanidagi 2-umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl qiyofasini namoyon etuvchi fotoko‘rgazma va davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda tumandagi professional ta’lim va maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari, MFY vakillari ishtirok etishdi.Tadbir davomida Respublika “Tasviriy Oyina” ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov, viloyat xokimligi kotibiyati mudiri M.Xolmatov, Tuman xokimining o‘rinbosari E.Madaminov, tuman IIB terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i B.Eminov, tuman bosh imom xatibi I.To‘ychiyevlar qatnashchilarga Terrorizm , ekstremizm va missionerlikning asl qiyofalari, ularning yoshlar ongiga salbiy ta’sirlarini aniq misollar bilan tushuntirib berdilar. Shuningdek, xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimiz haqida keng tushuntirishlar berdilar.Tadbir avvalida katnashchilarga terrorizm va ekstremizga oid fotoko‘rgazmalar xamda “Zalolatga dalolat qilayotganlar” filmi namoyish etildi.