Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Toshloq tumanida 4 ta tajriba asosida aholi bandligini ta’minlash, kichik biznesga jalb qilish bo‘yicha Toshloq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari K.Umarovning MUROJAATI
2024-09-23 21:27:27 108
Assalomu alaykum,
tumandoshlar! Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilgan 4 tajriba, ya’ni Sayxunobod, Uych, Zarbdori va Gʻijduvon tajribalari yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholi daromadini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish, mahallalarda drayver loyihalarni ishlab chiqish va sanoatni rivojlantirish dasutri amal bo‘lib xizmat qilmoqda.Joriy yil mobaynida “Sayxunobod tajribasi” asosida 51 ta mahallalarda jami 1020 ta mikroloyihalar amalga oshirishni rejalashtirgan edik.Shundan sentyabr oyida 153 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, amalda 241 ta loyihalar ishga tushurildi. “Zarbdor tajribasi” asosida 16 ta mahallalarda sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida jami20 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaratiladigan isho‘rinlari soni 1285 ta.Amalda bugungi kun xolatiga 17 ta loyihalar ishga tushurilib, 1064 ta ish o‘rinlari yaratildi.Toshloq tumanida “Gʻijduvon tajribasi” asosida 8 ta mahallalarda “tepaga o‘sadigan” (vertikal) sanoat binolari tashkil qilish, bino va inshootlarlarga ehtiyoji yuqori bo‘lgan tadbirkorlar ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘chirish bo‘yicha jami 120 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish o‘rinlari soni 918 ta.Topshiriqqa asosan 16 ta loyihalar shakillantirildi. Ish o‘rinlari soni - 993 ta. Amalda bugungi kun xolatiga 11 ta loyihalar ishga tushurilgan. Ish o‘rinlari soni - 560 ta.Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha “Uychi tajribasi” asosida iyul-dekabr (2-yarim yillik) oylari mobaynida bank mijozlari bilan 15 ta uchrashuvlar o‘tkazish va buning natijasida1648 ta ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Amalda bugungi kun xolatiga banklar tomonidan 9 ta uchrashuvlar o‘tkazilib, 806 ta ish o‘rinalri yaratildi.Jumladan, sentyabr oyida 3 ta uchrashuv tashkil etilib, 196 ta ish o‘rinlari yaratildi.