Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“MEHR DAFTARI” DAGI YOSHLARGA E’TIBOR

×

 2024-09-28 10:37:11    193

PDF yuklash
Chop etish


    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 13 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan.
      Tumandagi “Mehr daftari”ga kiritilgan 13 nafar o‘g‘il-qizlarning 1 nafariga kompyuter to‘plami,  6 nafariga mebel jihozi va 2 nafariga tikuv mashinalari va 4 nafar bolalarga maktab to‘lovlari to‘lab berildi.        Tadbirda tuman hokimning birinchi o‘rinbosari Kamoliddin Umarov, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Murodiljon Obidjonovlar qatnashib kompyuter va tikuv mashinalarini o‘z egalariga topshirar ekan, hukumatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hususida ta’kidlab o‘tdi.