Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ro‘yxatga olish jarayonida demografik xususiyatlarni aniqlash
2024-12-19 10:01:10 18
Aholining “jinsi”, “yoshi” va “nikoh holati” demografik xususiyatlari turli xil ijtimoiy-iqtisodiy va demografik masalalarni tushunishga yordam berish uchun ro‘yxatga olish boshqa ma’lumotlarini tasniflash va ularni taqdim yetishda muhim hisoblanadi. Jins va yoshga kelsak, bu ma’lumot ro‘yxatga olish doirasida so‘rov bilan qamrab olinadigan har bir shaxs bo‘yicha ma’lumot yig‘ilishi shart. Shundan kelib chiqqan holda, bunday ma’lumotlar tugallanmagan hollarda, “aniqlanmagan” javob variantini oldini olish maqsadida shartli yoki qo‘shimcha belgilardan foydalanish tavsiya yetiladi.
Ro‘yxatga olish milliy darajada tug‘ilishni baholashni samarali tarzda hisoblash uchun ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi. Ro‘yxatga olish doirasida tug‘ilishni o‘rganish aholining tabiiy harakati statistikasining ishonchli tizimiga ega bo‘lmagan mamlakatlarda, uning ma’lumotlarini hisoblash uchun taqdim etish imkoniyati tufayli boshqa hollarda mumkin bo‘lmagan aholining tabiiy harakati ko‘rsatkichlarini ololmasligi uchun juda muhim hisoblanib, hatto tug‘ilishni to‘liq ro‘yxatga olish tizimiga ega mamlakatlar ham, ba’zi bir savollarni (“tirik tug‘ilgan bolalar” soni, “yashayotgan bolalar”, “nikohga kirish yoshi”) qo‘shish foydali hisoblanadi. Negaki, registr ma’lumotlarida mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni, jumladan, ijtimoy-iqtisodiy xususiyatlarini aks ettirgan jadvallarni olish imkonini beradi.