Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING Q A R O R I

×

 2024-12-27 19:47:10    46

PDF yuklash
Chop etish


1. O‘zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-3-031-11-0-K/24-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Mazkur qarorga muvofiq, Toshloq tumani mahalliy budjetining 2025-yilgi daromadlari 143 mlrd 305 mln 80 ming so‘m va xarajatlari esa 143 mlrd 305 mln 80 ming so‘m miqdorida tasdiqlanganligi, shuningdek Toshloq tumani mahalliy budjetining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida turgan budjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 822,0 mln so‘m etib belgilanganligi inobatga olinsin. 3. Toshloq tumanining 2025-yilga rivojlantirishning makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlansin, tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2025-yil uchun asosiy prognoz ko‘rsatkichlari, tuman mahalliy budjetidan 2025-yilda hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari, shuningdek tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari va boshqa soliqsiz tushumlardan ajratmalar me’yorlari tasdiqlansin. 4. Tuman mahalliy budjeti zaxira jamg‘armasi hajmi 2025-yil uchun 1 mlrd 802 mln 664 ming so‘m miqdorida belgilansin. Bunda, zaxira jamg‘armasi mablag‘larini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi ta’minlansin. 5. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar, jismoniy shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlarning 1 m2 uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatga nisbatan kiritilayotgan koeffitsientlar 7-ilovaga, noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qat’iy stavkalar hamda suv solig‘i uchun qo‘llaniladigan koeffitsient va mutloq qiymati tasdiqlansin. 6. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, tuman soliq inspeksiyasi bilan birgalikda 2025-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 7. Hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda to‘liq rejalashtirilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirilishi va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlasin. 8. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin. 9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari K.Umarov zimmasiga yuklatilsin.