Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshloq tuman hokimi Abduqahhor Jo‘raboyev markaziy shifoxonada davolanayotgan bemorlar holidan xabar olish, ularga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida turli sovg‘alari bilan tashrif buyurdi.

×

 2025-01-03 10:21:28    37

PDF yuklash
Chop etish


Saxovat tadbiri bemorlarga quvonch, yuzlarga tabassum ulashdi. Bugunidan mamnun bemorlar, keksa otaxon-u onaxonlar qo‘llarini duoga ochib, yurtimiz bundan-da farovon bo‘lishini tiladilar.

31-dekabr sanasida Tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida 2 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu bo‘limda ayni kunda 45 nafar ona va bolalar bor. Ularni qutlash maqsadida Toshloq tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari Umidaxon Marasulova bo‘limda bo‘ldi. Bu yerda farzandlarni dunyoga keltirgan onalar bilan uchrashdi. Ularga tuman hokimining tabriknomasi hamda sovg‘alarini topshirdi.
Markaziy shifoxonaning bolalar bo‘limida 147 nafar bolajonlar davolanmoqda. Ular ham bayram arafasida mehrdan-e’tibordan chetda qolmadi. Mazkur bo‘limda davolanayotgan bolalar xolidan xabar olinib, ularga ham mehr ko‘rsatildi.  Doshqozonda palov tayyorlandi. Markaziy shifoxonada davolanayotgan 358 nafar bemorlarga osh ulashildi.