Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
162.5 MILLIARD SO‘MLIK LOYIHA VA 60 NAFAR ISH O‘RNI.
2025-01-07 09:59:25 25
Farg‘ona viloyatida 2024 yilda 1,5 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar o‘zlashtirilib 750 ta yangi loyiha ishga tushdi va 26 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi. Birgina Toshloq tumani misolida aytadigan bo‘lsak, bu yerda ham ko‘plab loyihalar ishga tushdi va jarayonlar davom etmoqda. Taraqqiyot kichik sanoat zonasi 85.5 gektarni tashkil etadi. Bu yerda hozirda 26 ta tadbirkorlar faoliyat ko‘rsatmoqda va ular turli sanoat mahsulotlarini ishlab-chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Masalan, tadbirkor Mavlonbek Yunusov rahbarlik qilayotgan korxonada misni qayta ishlash va elektr kabel mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Korxonada sim ishlab-chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Xorijdan yangi texnologiyalar olib kelib o‘rnatildi. Natijasi o‘laroq, 60 nafar ishchilar mana shu manzilni o‘zida ish bilan ta’minlandi. Yosh tadbirkor uchun jami 2 gektar yer ajratilgan. Nol qiymatida berilgan bu manzilga Mavlonbek Yunusov simlarni saralash, yelim quyish, simlarni o‘rash, sifatni tekshirish uchun alohida ish manzillarini qurib bitkazgan.
Yangi texnologiyalar va ishchilar sonini ortishi natijasida bu korxonada ishlab-chiqarish hajmi oshgan. Ayni kunda elektr kabel mahsulotlariga ichki bozorni o‘zida talab yuqori. Tadbirkor ichki bozordan tashqari xorij bozorini ham zabt etishni reja qilgan. 4 ta mamlakatdan talabgorlar uning mahsulotiga xaridor bo‘lgan. Bu degani eksport tez kunda yo‘lga qo‘yiladi. Tadbirkor Mavlonbek Yunusovning yangi loyihasi ishga tushadigan bo‘lsa yana 100 nafar ishsizlar ish bilan ta’minlanadi.