Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KADASTR XATLOVNI DAVOM ETTIRMOQDA
2025-01-08 15:41:57 28
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun 8 noyabrdan kuchga kiradi. Bu jarayonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon viloyatida amalga oshirilgan. Boshqa viloyatlarda esa xatlov ishlari olib borilgan va borilmoqda. Qonun ijrosi yuzasidan 2024 yilda Farg‘ona viloyatidagi 68 ta MFYlari xatlovdan o‘tkazilgan. 2025 yilda esa 306 ta MFYlari xatlovdan o‘tkazilishi ko‘zdan tutilgan. Xatlov ishlari Farg‘ona viloyatidagi shahar va tumanlar olib borilmoqda. Ijobiy xulosalarga ega bo‘lgan fuqarolar bir martalik to‘lovlarni amalga oshirganidan so‘ng, mahalliy kengashlarga taqdim etiladi.Davlat kadastrlari palatasi Toshloq tumani filiali ishchilari navbatdagi MFYda xatlovni amalga oshirish uchun yo‘lga otlandilar.Xolmurod aka Jabborovning xonadoni hujjatda 16 sotixdan iborat. Yillar davomida 19.7 sotixga yer solig‘ini to‘lab kelgan. Kadastr xodimlari uning xonadonini o‘lchovdan o‘tkazganlarida 3.7 sotixni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan aniqlandi. Davlat kadastrlari palatasi xodimlari zudlik bilan fuqaroni hujjatlarini xatlovga oldilar. Bu fuqaro esa hujjatlashtirish jarayonlarini elektron tarzda kuzatib turish haqidagi ma’lumotlari haqida batafsil tushuncha berdilar.Toshloq tumanida jami 51 ta MFY bo‘lib. 2024 yilda 3 ta MFYlaridagi 700 ga yaqin xonadonlar xatlovdan o‘tkazilgan.Xatlov jarayonlaridan avval Davlat kadastrlari palatasi Toshloq tumani filiali MFYdagi 7 likka murojaat qiladi va ular bilan birgalikda bu xatlovlarni amalga oshiradilar. Har bir xonadonga kirishdan avval ular o‘z maqsadlarini tushuntiradilar, Prezidentimiz qonuni haqida batafsil ma’lumot beradilar. Umumdavlat aksiyasi doirasida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bir martalik to‘lovni to‘lashdan ozod etiladi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi. Farg‘ona viloyatida xatlovlar davom etmoqda.