Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MILLIY LIBOS - MILLAT KO‘RKI.

×

 2025-01-10 14:19:17    48

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida joylashgan  2-umumta’lim maktablar zalida “Milliy libos millat ko‘rki” mavzusida O‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, zamonaviy milliy  moda sanoatida o‘zbekona  amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali usulda, urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasasida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilish haqida so‘z bordi.
Tadbirda so‘z olgan Toshloq tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Umidaxon Marasulova hamda Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Xilolaxon Komilovalar milliy liboslarning jozibasi, undagi ranglar uyg‘unligi va salomatlik uchun ham foydali ekanligi, milliy matolarimiz hisoblangan atlas, adras va beqasam matolari o‘zida ko‘p yillik tariximizni aks ettirishi va asrlar davomida kishilar hayotiga jilo berib kelganligi haqida aytib o‘tdilar.
Tadbir doirasida mahalliy dizaynerlar tomonidan yaratilgan milliy liboslar namoyishi  o‘tkazildi.  Shuningdek, tadbir davomida bolalar musiqa san’at maktabi jamoalarining chiqishlari yig‘ilganlarga hush kayfiyat baxsh etdi.