Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HARAKATDAGI BARAKAT
2025-01-18 11:07:06 10
Toshloq tumani, "Qo‘yi yakkatut" MFYda yashovchi oilani 2 ta issiqxonasi bor. Har yili qish faslida bo‘sh qolsalar mana shu yerga turli sabzavotlar ekib zavq oladilar. Mo‘tabar opa va uning turmush o‘rtog‘i oktyabr oyi oxirida issiqxonaga rediska ekkandilar. Noyabrning o‘n beshida u bo‘y ko‘rsatdi. Dekabrda pishdi, yanvarda iste’molga tayyor bo‘ldi.
Issiqxonani isitishni o‘ylamaydilar. Sababi ularning tomorqasi quyoshga qaragan. Har kuni mana shu quyoshning nuri issiqxonaga nurini tushiradi hosillar shu orqali rivojlanyapti.
Ayni qish pallasida Mo‘tabar opa va uning turmush o‘rtog‘i mana shu ish bilan bandlar. Aytishlaricha, rediska bezarar o‘sadi. Sovuqqa chidamli ekan.
Qish faslida bu rezavorni iste’mol qiluvchilar ko‘p. Shu sababli oila har kuni 150-200 bog‘lam rediskani ulgurji xaridorlardagilarga berishadi.
Har kuni tongdan uyg‘onib er va xotin mana shu tomorqaga kiradilar. Rediskalar pishgan shu sababli uzib uni bog‘lab chiqishadi. Ana keyin bozorga tayyor. Xullas kunlik daromad yomon emas.
15-fevralgacha rediskalar uzilib sotiladi. Ana keyin yerga bodring ekadilar. Bahor kirishi bilan oila bodringdan daromad olishni boshlaydi.
Mo‘tabar opa va uning oilasi bir yil ishlasalar daromadni yaxshi kunlarga sarflaydilar. 2 nafar qizini ham mana shu tomorqachilik ortidan turmushga beribdilar. Bu yil esa mashina olishmoqchi.