Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“LOYIHALAR YARMARKASI” NATIJA BERMOQDA
2025-01-22 09:17:48 1
Mamalakat rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshloq tumanida “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Umarov, viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev “Asakabank” ATB Farg‘ona bank rahbari M.Xadjayev, tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar ishtirok etdi.Mazkur yarmarka nafaqat tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, balki aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga ham hissa qo‘shadi.