Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 215 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SOGʻLOM TURMUSH TARZI – MUVAFFAQIYAT KALITI!

×

 2025-01-24 14:15:10    21

PDF yuklash
Chop etish


  Sog‘lom turmush tarzi bugungi kunning eng muhim talablaridan biri bo‘lib, har bir inson hayotining ajralmas qismiga aylanishi kerak. Zamonaviy dunyoda inson salomatligini muhofaza qilish va unga e’tibor qaratish nafaqat shaxsiy ehtiyoj, balki jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun ham muhimdir.Zamonaviy jamiyatning faol a’zolari sifatida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va uni hayotimizda amalga oshirishda faol ishtirok etishimiz kerak. Insonning eng katta boyligi – uning salomatligi!Bizning asosiy maqsadimiz – xalqaro talablar asosida sog‘lom turmush tarziga e’tiborni kuchaytirish, unga rioya qilishga ilhomlantirish va har bir insonni o‘z hayotini yaxshilashga undashdir. Toshloq tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib o‘tgan seminarda xuddi shu fikrlar aytib o‘tildi.Yana aytildiki, sog‘lom bo‘lish – bu imkoniyat, ulug‘ ne’mat va muvaffaqiyatning eng asosiy kafolatidir. Siz ham o‘z hayotingizni o‘zgartiring va sog‘lom turmush tarziga qadam qo‘ying!Shuningdek, ishtirokchilarga mahallalarga biriktirilgan tibbiy brigada xodimlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi. Yarmarkalar orqali sog‘lom ovqatlanishning asosiy qoidalari namoyish etildi.