Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O‘TKAZILDI.
2025-01-25 11:04:24 28
Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga daxldor korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Sessiya yig‘ilishida 2025-yilda Toshloq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, tuman prokuraturasining 2024-yil davomida amalga oshirilgan faoliyati, tumanda 2024-yilda jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, 2024-yilda tumandagi sektorlar va tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar bilan ishlash holati, tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining 2024-yil davomida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshloq tumani bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida va va boshqa masalalar yuzasidan ma’qullarning axborotlari hamda hisobotlari tinglandi.
Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.