Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Toshloq tumanida aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha “Loyihalar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

×

 2025-01-30 09:43:23    17

PDF yuklash
Chop etish


   Tadbirda Toshloq tumani hokimligi,  Markaziy bankning Farg‘ona viloyat bosh boshqarmasi, “Asakabank” ATB Farg‘ona bank va tumandagi tijorat banklari tashabbusi bilan mahalliy aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.
Unda tijorat banklari kredit tariflari va tayyor biznes rejalarini ishtirokchilarga taqdim etdi. Shuningdek, banklar ko‘magida tadbirkorlikni rivojlantirgan lider tadbirkorlar ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etib, tadbirkorlikka endi qadam qo‘yayotganlarga o‘z bilim va tajribalarini ulashdilar.
Tadbir davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, bank kredit turlari, imtiyoz va qo‘llanilayotgan yangiliklar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.  
Mehnat yarmarkasida 10 ga yaqin korxona va tashkilot, shuningdek, tijorat banklari o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.