Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI AXBOROTLASHTIRISH TO’G’RISIDA
2017-09-30 14:25:21 1084
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 y., 1-2-son, 10-modda; O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2014 y., 36-son, 452-modda)
1-modda.Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda.Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari
Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda.Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
axborotlashtirish— yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;
axborot resursi— axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori— axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi— qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot texnologiyasi— axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
axborot tizimi— axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
bloger — Internet jahon axborot tarmog’idagi o’z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
(3-modda O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentyabrdagi O’RQ-373-sonliQonunigaasosan xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2014 y., 36-son, 452-modda)
4-modda.Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O’zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog’idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o’zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko’maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag’batlantirish;
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag’batlantirish.
5-modda.Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.
6-modda.Maxsus vakolatli organ
Maxsus vakolatli organ:
davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga ko’maklashadi;
axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning o’z axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga ko’maklashadi;
axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil etadi;
axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi manfaatlarini ko’zlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 apreldagi 87-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to’g’risida»ginizom.
7-modda.Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi
Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi:
axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini;
axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqini;
axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo’yicha toifasini;
axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibini;
axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibini.
8-modda.Axborotni hujjatlashtirish
Axborotni hujjatlashtirish axborotni axborot resurslariga kiritishning majburiy shartidir. Axborotni hujjatlashtirish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Axborot resurslarida saqlanadigan va ishlov beriladigan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan axborot elektron hujjat bo’lib, qog’oz hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Elektron hujjatni va elektron raqamli imzoni shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bog’liq munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»giQonunigava O’zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to’g’risida»giQonunigaqarang.
9-modda.Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqi
O’zbekiston Respublikasida axborot resurslari va axborot tizimlari ommaviy hamda xususiy mulk bo’lishi mumkin.
Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqining vujudga kelishiga quyidagilar asos bo’ladi:
axborot resurslari hamda axborot tizimlarining davlat byudjeti mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslarning o’z mablag’lari yoki qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishi;
axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqining o’zga shaxsga o’tishi shartlarini o’z ichiga olgan oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa bitim;
meros olish.
Qonunda axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqi vujudga kelishining boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
10-modda.Davlat axborot resurslari
Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi:
davlat organlarining axborot resurslaridan;
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat byudjeti mablag’lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan;
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslaridan;
yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborotidan.
Yuridik va jismoniy shaxslar hujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlashtirilgan axborotni majburiy taqdim etishi tartibi, davlat axborot resurslarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish uchun mas’ul davlat organlarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O’zbekiston Respublikasi «Davlat sirlarini saqlash to’g’risida»gi Qonunining6-moddasigako’ra axborotlarni maxfiylashtirish, ular bilan tanishish uchun ijozat berish tartibini hamda shu bilan bog’liq cheklovlarni, shuningdek davlat sirlaridan foydalanish tartibini o’zida mujassam etuvchi davlat sirlarini saqlash tizimini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
11-modda.Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari
Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo’yicha hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslariga bo’linadi.
Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot resurslaridir.
Davlat sirlari to’g’risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo’yilgan axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslariga kiradi.
Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq asosida erkin tarzda foydalanishini ta’minlashi kerak.
Axborot resurslarini erkin foydalanish toifalariga kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot resurslarining mulkdori tomonidan aniqlanadi.
12-modda.Axborot resurslaridan foydalanish
Axborot resurslaridan foydalanuvchilar axborot resurslaridan erkin foydalanishda teng huquqlarga ega, erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslari bundan mustasno.
Axborot resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda haq olinishi mumkin.
Axborot bilan ta’minlashga doir axborot va xizmatlar ro’yxatlarini, axborot resurslaridan erkin foydalanish tartibi hamda shartlari haqidagi ma’lumotlarni axborot resurslarining mulkdorlari va egalari foydalanuvchilarga bepul taqdim etadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asoslarda axborot resurslaridan o’zlari olgan axborotdan axborot manbaini albatta havola etgan holda hosila axborot yaratish uchun foydalanishlari mumkin.
Axborot resurslaridan axborot olish tartibini axborot resurslarining mulkdori yoki egasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda.Hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborotni Internet jahon axborot tarmog’ida tarqatish
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog’idagi o’z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan:
O’zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo’rlik bilan o’zgartirishga da’vat etish;
urush, zo’ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g’oyalarini targ’ib qilish;
davlat siri bo’lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo’zg’atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro’siga putur etkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo’l qo’yuvchi axborotni tarqatish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ’ib qilish;
pornografiyani targ’ib qilish;
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo’ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yo’l qo’ymasligi shart.
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog’idagi o’z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to’g’riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto’g’riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o’chirib tashlashi shart.
Ushbu moddaningbirinchivaikkinchi qismlaridabelgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan foydalanish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.
Ushbu moddaningbirinchivaikkinchi qismlaridabelgilangan talablarni buzganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.
(121-modda O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentyabrdagi O’RQ-373-sonliQonunigaasosan kiritilgan — O’R QHT, 2014 y., 36-son, 452-modda)
13-modda.Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to’g’risidagi axborot maxfiy axborot toifasiga kiradi.
14-modda.O’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi
Yuridik va jismoniy shaxslar o’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanish, mazkur ma’lumotlarning to’liqligi hamda to’g’riligini ta’minlash maqsadida ularga aniqliklar kiritish huquqiga ega.
O’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi qonun bilan cheklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
O’zbekiston Respublikasi «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining4-moddasigako’ra axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarga o’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanishni axborot resurslarining mulkdori yoki egasi rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
15-modda.Milliy axborot tizimi
Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi.
Milliy axborot tizimi davlat byudjeti mablag’lari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning o’z mablag’lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratiladi.
Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi.
Milliy axborot tizimidan foydalangan holda axborot almashish shartnoma asosida amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
16-modda.Axborot tizimlaridan bitimlar tuzishda foydalanish
Yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida bitimlar tuzishda axborot tizimlaridan foydalanish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to’g’risida»giQonunigaqarang.
17-modda.Axborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlashtirish
Axborot tizimlarini tashkil qiluvchi texnika vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi kerak.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»giQonunigaqarang.
Davlat organlari axborot tizimlarining, tarmoq va hududiy axborot tizimlarining, yuridik hamda jismoniy shaxslar axborot tizimlarining davlat sirlari yoki maxfiy axborotni o’z ichiga olgan axborotni ishlovdan o’tkazish uchun mo’ljallangan texnika vositalari, shuningdek mazkur tizimlarni muhofaza qilish vositalari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.
18-modda.Axborot tizimlarining tarmoqlararo bog’lanishi
Axborot tizimlarining tarmoqlararo bog’lanishi turli axborot tizimlari o’rtasida axborot almashish uchun amalga oshiriladi.
Belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq o’zaro tarmoqlararo bog’lanish imkoniyatini axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari ta’minlaydi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasining «Telekommunikatsiyalar to’g’risida»gi Qonunining17-moddasigaqarang.
Turli axborot tizimlarining tarmoqlararo bog’lanishi axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari o’rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tarmoqlararo bog’lanishni amalga oshirish hamda turli axborot tizimlarining o’zaro aloqada bo’lish tartibi va shartlari maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
19-modda.Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish
Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash;
axborot resurslarining tarqalib ketishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishi, buzib talqin etilishi, to’sib qo’yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish;
axborotni yo’q qilish, to’sib qo’yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish;
axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash.
20-modda.Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish
Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar etkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.
Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
21-modda.Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar o’z axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmog’iga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ulashi mumkin.
LexUZ sharhi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 10 oktyabrdagi 352-sonli «Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni markazlashtirishdan chiqarish to’g’risida»qaroribilan O’zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog’ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog’ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilingan.
Erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslarini o’z ichiga olgan axborot tizimlarining xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmog’iga ulanishi faqat zarur muhofaza choralari ko’rilganidan keyin amalga oshiriladi.
22-modda.Nizolarni hal etish
Axborotlashtirish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
23-modda.Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003 yil 11 dekabr,
560-II-son