Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
2017-09-30 14:56:46 1115
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida
(qaror nomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013 y., 38-son, 492-modda; 2015 y., 26-son, 338-modda)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida davlat muassasalari shaklidagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi (keyingi o’rinlarda Markazlar deb ataladi) tashkil etilsin.
(1-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
2. Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
«Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishning strategik yo’nalishlarini, shu jumladan jahon tendentsiyalarini hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq qilish asosida ishlab chiqish;
«Elektron hukumat» tizimini shakllantirishda davlat organlarida qo’llaniladigan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va integratsiyasining kelishilgan mexanizmini hamda «Elektron hukumat» tizimi loyihalarini amalga oshirishning normativ-metodik ta’minotini tashkil etishni nazarda tutuvchi yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;
davlat organlari faoliyatining funktsional va operatsion jarayonlarini tizimli qayta tashkil etishni amalga oshirish, davlat xizmatlari ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan biznes jarayonlarni boshqarishni maqbullashtirish, takomillashtirish va innovatsion mexanizmlarini joriy etish bo’yicha takliflar tayyorlash;
«Elektron hukumat» tizimini samarali joriy etish uchun amaldagi normativ-huquqiy bazani maqsadli tahlil qilish va uni takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash;
«Elektron hukumat» tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tizimli monitoring qilish, baholash, shu jumladan axborot tizimlari va resurslarini joriy etish samaradorligini o’rganish, davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimini yuritish;
«Elektron hukumat» tizimi doirasida interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish va ulardan foydalanish samaradorligining asosiy ko’rsatkichlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqish, loyihalarni amalga oshirishning maqsadli indikatorlari va ko’rsatkichlarini aniqlash.
3. Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq «Elektron hukumat» tizimini joriy etish doirasida axborotlashtirish ob’ektlarini attestatsiyadan o’tkazish;
davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko’maklashish;
axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish va to’plash, «Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik echimlarni samarali qabul qilish bo’yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;
davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etish;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
«Elektron hukumat» tizimining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog’i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo’yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog’i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo’layotgan tahdidlar to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo’yicha konsultatsiya xizmatlari ko’rsatish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Internet tarmog’i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo’yicha o’zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
4. Quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining xodimlarining cheklangan soni 150 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 23 nafar bo’lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazining xodimlarining cheklangan soni 135 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 23 nafar bo’lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
5. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazining amaldagi tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida o’zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(5-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
6. Belgilab qo’yilsinki, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika ta’minoti:
tasdiqlangan smeta doirasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlarning beg’araz texnikaviy ko’magi (grantlari);
xo’jalik faoliyatidan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.
7. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jalb etiladigan, «Elektron hukumat» tizimini joriy etish va rivojlantirish loyihalarini hamda tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan beg’araz texnikaviy ko’mak (grantlar)dan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish bo’yicha mas’ul muvofiqlashtiruvchi etib belgilansin.
(7-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
8. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro moliya institutlaridagi O’zbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlar bilan «Elektron hukumat» tizimini joriy etish va rivojlantirish hamda uning axborot xavfsizligini ta’minlash loyihalari va tadbirlarini moliyalashtirish uchun beg’araz texnikaviy ko’mak (grantlar) va imtiyozli kreditlar mablag’larini jalb etish masalalari bo’yicha ishlarni faollashtirsinlar.
9. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi ustavlari bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek ularning belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta’minlasin;
Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazini hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazini zarur yo’nalishdagi malakali kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek Markazlarning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlarini ko’rsin.
10. Quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko’chasi, 4-uyga;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ts-14, 33-uyga;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko’chasi, 282a-uyga joylashtirilsin.
(10-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
11. Quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko’chasi, 4-uy manzilidagi bo’shayotgan binosi — O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markaziga;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
«O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ts-14, 33-uy manzilidagi binosi O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga belgilangan tartibda, operativ boshqarish huquqi bilan bepul berilsin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
12. O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o’z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2013 yil 16 sentyabr,
250-son