Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TARIXIDAN LAVHALAR: QADIMGI TOSHLOQ
2018-05-19 17:38:57 501
Toshloq nomi tosh so’ziga o’zakdan anglashiladigan predmet, narsaning mo’lligini, ko’pligini bildiradigan o’rin-joy oti yasovchi – loq qo’shimchasini qo’shish orqali yasalgan. Toshloq – toshli, toshi ko’p, sertosh yerlarda vujudga kelgan, tashkil topgan qishloq ma’nosini ifoda qiladi. Avval qishloq nomi sifatida shakllangan Toshloq toponomi keyinchalik tuman nomiga ko’chgan.
Toshloq nomi bilan yuritiluvchi joy nomlari yurtimizda oz emas. Andijon viloyatining Qo’rg’ontepa, Izboskan, Andijon, Jalolquduq, Baliqchi,
Qo’qon xonligi arxiviga doir hujjatlarda Toshloq nomi bilan tilga olinadi. Mazkur hujjatlar turli mazmunda bo’lib, ularning ayrimlarida 1872-1874 yillar davomida Toshloq bozorini rivojlantirish uchun do’konlar, karvonsaroylar barpo etilganligi hamda Toshloqda Sodiqbek o’rdasi va qozixona qurilishi xususida ma’lumotlar uchraydi. Bundan tashqari Toshloqqa doir hujjatlarning birida qiziq ma’lumot keltiriladi. Unga ko’ra, Toshloqdagi o’rdada ayiq saqlangan va bu ayiq zanjirini uzib yuborganligi uchun Muhammad Ali ismli shaxs Marg’ilon begi Sulton Murodbek nomiga Toshloq o’rdasidagi ayiqni ushlab turish uchun yo’g’onroq pishiq zanjir berishlarini so’rab murojaat qiladi. Shuningdek, Toshloqdan kelgan mehmonlarni xon saroyida qay tarzda iltifotlar ko’rsatilganligi ham hujjatlarning birida o’z ifodasini topgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Toshloq markazi hududida XX asrning boshlarida marg’ilonlik boy savdogar Muhammad Karimbek (Madkarimbek) tomonidan barpo etilgan madrasa ham mavjud bo’lgan. Bu haqda Muhammad Aziz Marg’iloniy «Tarixi Aziziy» nomli kitobida jumladan quyidagilarni keltiradi: «Muhammad Karimbek otlig’ savdogar odam bor edi. Toshloq mahallasida bir yaxshi xishtdan madrasa bino qilib ketti».
1909 yili Farg’ona shahrida (o’sha vaqtda Skobelev nomi bilan yuritilgan – mualliflar) chop etilgan «Farg’ona viloyatining aholi yashashdigan joylar ro’yxati» nomli kitobdagi ma’lumotlarga ko’ra bu vaqtda Toshloq qishloq sifatida Marg’ilon uezdining Marg’ilon volost (bo’lis)i tarkibiga kirgan bo’lib, unda jami 1739 nafar aholi istiqomat qilgan.
N.Abdulahatov, I.To’xtaboevlarni “Toshloq tarixidan lavhalar” kitobidan olindi.