Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“MERFEN-KO” POYAFZALLARI XORIJDA

 2019-07-12 10:43:14    312

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkor — yurtga madadkor

“Merfen-ko” poyafzallari xorijda

    Bugungi kunda zamon bilan hamqadam bo’lib, sidqidildan mehnat qilayotgan, buning natijasida barchaga naf keltirayotgan tadbirkorlarimiz soni ortib bormoqda. Ularning erkin faoliyat yuritishlari, ichki va tashqi bozorda o’z mahsulotlari savdosini yo’lga qo’yishlari uchun davlatimiz tomonidan etarlicha sharoitlar yaratib berilyapti. Tadbirkorning ishi  tobora kengayishi natijasida esa qo’shimcha ishchi o’rniga ehtiyoj bo’lib, yana ko’plab oilalar farovonligi oshishiga hissa qo’shilmoqda.

      “Merfen-ko” O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasida erkaklar, ayollar va bolalarning mavsumbop oyoq kiyimlari ishlab chiqarilmoqda. Ikki smenada tashkil etilgan ishlar natijasida bir kunda 1,5 ming juft oyoq kiyimi ishlab chiqarilayotgani mahsulotga har bir mavsumda ham talab yuqori bo’layotganidan darakdir. Bugungi kunda korxonada 80 nafardan ortiq ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ularning ish sharoitlarini yaxshilash, qulayliklar yaratish maqsadida korxona rahbari Hasanboy Sobirov Turkiya, Xitoy hamda Eronning zamonaviy poyafzal ishlab chiqarish dastgohlarini olib kelib o’rnatdi. Buning natijasida ichki bozorimizni eng oldi va bozori chaqqon mahsulotlar bilan ta’minlash barobarida qo’shni Qirg’iziston va Qozog’iston respublikalariga eksportni ham amalga oshirishmoqda.

    -O’tgan olti oy davomida chetga 120 000 AQSh dollarilik, ichki bozorga esa 1 mlrd 500 million so’mlik mahsulot sotdik, -deydi korxona xisobchisi Alijon Hoshimov, Ichki va tashqi bozorning talabidan kelib chiqqan holda arzon, ammo sifatli va chidamli poyafzallarni ishlab chiqarishga, buyurtmalarni o’z vaqtida haridorlarga etkazib berishga harakat qilyapmiz.

   Sadda mahallasilik Ra’noxon Mirkomilova va zarkentlik Ra’noxon Sodiqovalar korxo-naning uzoq yillik ishchilari xisoblanishadi. Bugun ular o’zlari kabi tikuv tsexida ishlayotgan  30 dan ortiq ayollar bilan opa-singildek ahillikda ish yuritishmoqda. Yangi kelgan qizlarga jon dillari bilan ishning miridan-sirigacha o’rgatib, ko’mak berib kelishyapti. Eng asosiysi esa ular o’z ishlari-dan va yaratilgan sharoitlardan, ishga yarasha to’lanayotgan maoshdan mamnunlar.

   Korxona boshqaruvida Hasanboy akaga o’g’illari Ravshanbek va Rustambek Sobirovlar asosiy ko’makchi bo’lib mahsulotlarni xorijga sotish, chetdan hom ashyo olib kirish va poyafzal chiqarish sohasidagi yangiliklarni faoliyatlariga joriy qilish kabi vazifalarni bajarib kelishmoqda. Kelgusida davlatimiz tomonidan tadbirkorlar uchun berilayotgan imtiyozli kredit va boshqa engilliklardan foydalangan holda faoliyatlarini yanada kengaytirib, bo’sh turgan binolarda kiyim-kechak ishlab chiqarish tsexlarini ham ishga tushirish niyatidalar.

 

Husnidaxon  Yakubova,

"Toshloq tongi" muxbiri.