Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“UCHQUN” JAMOASI OLTIN MEDAL SOHIBI
2019-08-21 11:37:19 251
32-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilaridan tashkil topgan “Uchqun” jamoasi “Quvnoq startlar” televizion musobaqasi viloyat bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritib respublika bosqichida ham faxrli 1-o’rinni egalladi va oltin medalga sazovor bo’ldi.
Maktabimizda o’quvchilarni jismoniy tarbiya va sport sohasiga qiziqtirib borib iqtidorli o’quvchilar ishtirokidagi “Uchqun” jamoasining shakllantirilganiga 15 yil bo’ldi. Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilarining o’quvchilar bilan sport to’garaklarida, darslardan keyingi mashg’ulotlarda muntazam shug’ullanib yosh sportchilarning qiziqishlarini orttirayotganliklari g’alabalar garovi bo’lmoqda. Masalan 2006 yildan buyon jamoa “Quvnoq startlar” televizion musobaqasida muntazam ishtirok etib kelmoqda. 2016 yilda yosh sportchilar respublika bosqichida uchinchi o’rinni qo’lga kiritib 24 o’quvchi bronza medali bilan taqdirlangan edi. Keyingi yili 2-o’rin, o’tgan yili 4-o’rin nasib etgan bo’lsa bu yilgi musobaqalarda jamoaga yana omad kulib boqdi.
Maktab, tuman, viloyat sharafini respublika miqyosida himoya qilib kelishda avvalo maktabimiz direktori Mirodiljon Bakirov boshchiligidagi jismoniy tarbiya o’qituvchilari Azizbek Abdurahmonov, Fayzulla Mustaev, Saidaxon Dehqonovalarning xizmatlari katta bo’lmoqda. Bolalarni chaqqon, matonatli, bardoshli, tezkor qilib musobaqalarga tayyorlashning o’zi bo’lmaydi. Buning uchun avvalo jamaoaning 24 nafar ishtirokchisidagi qobiliyat va iqtidorni o’z vaqtida aniqlab va baholay bilish lozim. Jamoaning Farrux Bo’riboev, Qilichbek Majidov, Umidaxon Odilova, Gulyora Esonova, Asqarbek Jaloldinov singari yosh sportchilari har yili bo’lganidek bu yilgi quvonchli natijalarga ham o’zlarining katta hissalarini qo’sha oldilar.
T. Yakubov,
maktab direktorining o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari.