Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ TA’LIMI XODIMLARINING AN’ANAVIY AVGUST KENGASHI
2019-08-28 10:53:10 291
XALQ TA’LIMI XODIMLARINING AN’ANAVIY AVGUST KENGAShI
19-20 avgust kunlari tumanimizda viloyatimiz pedagog xodimlarining “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l oman!” shiori ostdagi an’anaviy avgust kengashlari bo’lib o’tdi.
Ikki kun davomida o’tkazilgan Kengashda “2018-2019 o’quv yili sarhisobi, yangi o’quv yilining ustuvor vazifalari” xususida tuman va shahar xalq ta’limi bo’limi mudirlari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlari 5-o’rta ta’lim maktabida, “Umumiy o’rta ta’limning 2019-2020 o’quv yili tayanch o’quv rejasi asosida o’quv dastur va darsliklardagi o’zgarishlar to’g’risida” bo’limlar mudir o’rinbosarlari, maktab direktorlari 10-o’rta ta’lim maktabida o’quv-seminarida ishtirok etdilar.
8 ta sho’’bada o’tkazilgan o’quv seminarining 3-sho’ba ishtirokchilari tumandagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishib ta’lim sifati monitoringini tashkil etishda xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS dasturlaridan foydalanish bo’yicha maktabda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Maktab foesida PISA, TIMSS, PIRLS bo’yicha qo’yilgan targ’ibot ko’rgazmalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, 4-sho’’ba ishtirokchilari maktab rahbarlari – ta’lim menedjerlarini tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy psixologik xizmatning roli” mavzuida metodist psixologlarning o’quvi ham bo’lib o’tdi.
12-o’rta ta’lim maktabida “Maktab rahbarlari ta’lim menedjerlarini tayyorlashning dolzarb masalalari. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy psixologik xizmatning roli”, “Ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, fazilatli yangi avlodni shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”, 13-o’rta ta’lim maktabida “Aniq va amaliy fanlarni o’qitishda integrativ yondashuv”, 28-o’rta ta’lim maktabida “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitishda sifatni ta’minlashning metodik asoslari”, 49-maktabda esa “Filologiya fanlarini o’qitishda innovatsion yondashuv” mavzularidagi o’quv seminarlari bo’lib o’tdi.
Kengashning yakunlovchi yig’ilishida viloyat miqyosida ijobiy natijalarga erishgan pedagoglar viloyat hokimligi va xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorliq, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Yakuniy yig’ilishda viloyat hokimining o’rinbosari F. Qosimov ishtirok etdi.
A. Nishonov,
2-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari.