Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


FARZANDIM AKADEMIYA TALABASI BO’LDI

 2019-08-29 10:09:55    249

PDF yuklash
Chop etish


Ona quvonchi

Farzandim akademiya talabasi bo’ldi

Har bir ona farzandini kamolga etkazar ekan uni kelajakda elu-yurtga nafi tegadigan, xalq koriga yaraydigan inson bo’lishini niyat qiladi. Bolasining chaqaloqligida qulog’iga aytadigan allasida ham ana shu orzu havaslarini qo’shib kuylaydi.

Men ham to’ng’ich farzandimiz Sherzodbek Madaminovni yaxshi niyatlar bilan voyaga etkazib o’zidagi iqtidor va istakka ko’ra Farg’ona huquqshunoslik kollejiga olib bordim. Vaqt oqar daryo deyishganiday ko’z ochib yumguncha 3 yillik fursat ham o’tib  jigarbandim endi oliy o’quv yurti tomon yo’l oldi. Ilk bor bizga ichki ishlar sohasida ta’lim olish istagida ekanini bildirganida ichimdan o’tgan hayajon, faxr va iftixor tuyg’ularini til bilan ifodalab bera olmayman.

Oilamiz kattalari Madaminjon aka va Saidaxon opalar nabiralarining bu istagini qo’llab-quvvatlab yaxshi niyatlar bilan duo qilishdi. Turmush o’rtog’im Shuhratjon akaning “Vatanni qo’riqlash har bir yigitning burchi, bu yo’l mashaqqatli va sharafli hamdir. Bilamanki ishonchimizni oqlaysan” degan so’zlari unga yanada kuch bag’ishlab farzandimiz barcha topshiriqlardan a’lo darajada o’tdi va ichki ishlar Akademiyasi talabasi bo’lishga muvaffaq bo’ldi. Bu yilgi mustaqillik ayyomi oilamiz uchun ana shunday hushxabarlar olib kelganidan minnatdorman.

Tez orada uning qasamyod qabul qilishiga boramiz. Buning ne qadar faxr ekanini farzandining qasamyodiga borgan onalar yaxshi bilishadi.

Nargizaxon Po’latova,

Do’stlik mahalla fuqarolar yig’ini.