Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YANGI KLINIKA FAOLIYAT BOSHLADI

×

 2019-11-16 16:56:19    306

PDF yuklash
Chop etish


Barcha sohalarda bo’lgani kabi tibbiyotda ham ijobiy o’zgarishlar, tub burilishlar yuz bermoqda. Hususan tumanimizda ham bu sohada yangiliklar talaygina. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli sobiq ginekologiya bo’limining foydalanilmay turgan eski binosi o’rnida bugun muhtasham va zamonaviy tibbiy klinika faoliyati yo’lga qo’yildi. “AKMED-Plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ambulator va statsionar sharoitda erkaklar va ayollardagi urologik hamda ginekologik kasalliklarni konservativ va operativ davolash, anesteziologiya, reanimotologiya, fizioterapiya hamda klinik laboratoriya tahlillari yo’lga qo’yilgan. Yaponiyaning zamonaviy operatsion uskunalari olib kelinib jarrohlik amaliyoti uchun yanada qulaylik yaratildi. Eng zamonaviy apparatlarda erkaklar va ayollardagi bepushtlikka tashxis qo’yilib shu yerning o’zida davolaniladi. Zamonaviy xonalarda shifo topish istagida kelgan bemorlar uchun barcha qulaylik va sharoitlar yaratilgan.

Ginekologik kasalliklarga bosh shifokor Nilufarxon Uzaqova, urologik kasalliklarga Akmaljon Shermatovlar tashxis qo’yib oilalarga eng aziz ne’mat-farzand ko’rishdek baxtni tortiq etish yo’lida kamarbastalar. “El sog’ligi - yurt boyligi”. Ana shunday shior ostida ezgu niyatlar bilan faoliyat boshlagan shifoxona xakimlari dardiga malham istab kelgan inson borki, barchasining yaxshi niyatlari ijobati uchun kunu tun xizmatda ekanliklarining guvohi bo’ldik. 


Husnidaxon Yakubova.

Toshloq tongi” gazetasidan olindi.