Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HAMKORLIK YANADA KUCHAYTIRILADI

 2019-11-28 17:46:00    254

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani hokimligining katta majlislar zalidа Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "Jamoat havfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PQ-4075-sonli Qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tuzilgan Respublika ishchi guruhi a’zolari - Respublika Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining professor-o’qituvchilari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari rahbarlari, mahalla raislari va mutaxassislari, profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar, otinoyilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirni tuman hokimi Sh.Abdusalomov olib bordi.

Respublika Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining professor-o’qituvchilari tomonidan yig’ilganlarga mazkur qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilib, jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuvda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, mahalla fuqarolar yig’inlarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, jamoatchilik nazoratini yanada jadallashtirish borasida tuman hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining faol hamkorligida olib borish tartibi belgilab olindi.

Shuningdek ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan boxabar bo’lish maqsadida birinchi navbatda notinch, bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi hamda jinoyat qilishga moyilligi yuqori bo’lgan oilalarda profilaktik tadbirlarni muntazam olib borish natijasida tumanda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keskin kamaytirish choralarini ko’rishga alohida e’tibor qaratildi.

Toshloq tuman hokimligi Axborot xizmati.