Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 234 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


OVORAGARCHILIKKA CHEK QO’YILDI

 2019-12-07 11:01:24    309

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish hujjatlarini qayd etishda jarayonlar o’zgardi. Ilgari dalolatnoma yozuvi boshqa hududdagi FHDYO bo’limi tomonidan qayd etilgan bo’lsa ushbu hududga borib kelish yoki yashab turgan joydagi FHDYO bo’limiga murojaat qilishi uchun murojaatni pochta orqali yuborish, natijasini olish uchun ma’lum bir mablag’ va vaqt talab etilar edi. Endilikda yuqoridagi talab bekor qilinib bir shaxsga belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma va dalolatnoma yozuvining qaysi ustuniga o’zgartirish kiritilishi haqidagi tasdiqlangan ariza asosida amalga oshirilishi mumkin bo’ldi.

1 noyabrdan boshlab nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish bo’yicha Davlat xizmatlari markazida tezlashtirilgan tartibda ma’lumot olish hamda ma’lumotlarni arizachiga pochta orqali so’ralgan joyga yetkazib berish xizmati yo’lga qo’yildi. Bugungi kungacha markazimizda mazkur xizmat turi bo’yicha 15 nafardan ortiq murojaatlar o’z ijrosini topdi.

M. Sattorov,

tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.