Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI
2019-12-07 18:21:49 327
KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI
tumanimizda Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 27 yilligi keng nishonlandi
Har bir tirik jonzodning yashashdan maqsadi, har bir mavjudotning kelajakda kutib qoladigan matlabi, har bir xonadoninng esa o’ziga xos yashash tarzi, urf-odatlari, o’ziga xos tartib –qoidalari, o’ziga xos orzu-umidlari bo’ladi. Har bir davlatning ham o’z o’rnida ana shunday tartib-qoidalari, ezgu umidlari va istaklari, maqsadlarini ro’yu-rost ifodalovchi yuzi - Konstitutsiyasi mavjud bo’ladi. Huddi shuningdek, bizning davlatimizning ham yuzi, maqsadlarimizning ma’naviy timsoli bu - Konstitutsiyamizdir.
Tuman hokimligining majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Unda tumandagi sektorlar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirni tuman hokimi Sh.Abdusalomov ochib, yig’ilganlarni Asosiy Qonunimiz qabul qilinganligining 27 yilligi bilan muborakbod etdi.
Tantanali marosimda jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudi raisi A.Habibullayev so’zga chiqib, konstitutsiyamizda belgilab qo’yilgan qoidalar, ularning jamiyatimiz rivoji, fuqarolarimizning yashash tarzida tutayotgan o’rni haqida tahkidlab o’tdi. Shuningdek mamlakatimizning Bosh Qomusida inson huquqlari, erkinliklari, burchlari va majburiyatlari aks etgan qoidalarga alohida to’xtalib, fuqarolarimizning huquqiy ongini yanada yuksaltirish yo’lida davlat va jamoat tashkilotlari muntazam hamkorlikda faoliyat olib borishlari zarurligiga e’tiborni qaratdi.
Tuman madaniyat bo’limi xodimlari va “Rayhon” ashula va raqs xalq dastasi san’atkorlarining badiiy chiqishlari tadbirga fayz-tarovat olib kirdi. Bayram tadbirlari ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig’inlarida ham ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
Toshloq tumani hokimligining Axborot xizmati.