Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYLOVOLDI UCHRASHUVLARI
2019-12-16 17:28:01 249
22 dekabr — O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar kuni
Saylovoldi uchrashuvlari
O’zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi tomonidan mahallalar fuqarolar yig’inlari, mehnat jamoalarida fuqarolarning faol va keng ishtirokida saylovoldi targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti. O’z navbatida partiyadan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari deputatligiga ko’rsatilgan nomzodlar bilan saylovoldi uchrashuvlari muntazam tashkillanib borilmoqda.
Jumladan Qumariq mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 50-umumta’lim maktabida o’tkazilgan uchrashuvda saylovchilar vakillari 113-Toshloq saylov okrugidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari Shahnoza Anvarovna Normatova, viloyat Kengashi deputatligiga nomzod Farg’ona politexnika instituti qurilish fakulteti arxitektura kafedrasi katta o’qituvchisi Usmonali Toshtemirovich Toshmatov, tuman Kengashi deputatligiga nomzod tuman xalq ta’limi bo’limi bosh mutaxassisi Erkinjon Pattoxovich Dadaxonovlar bilan uchrashdilar. Tadbir davomida nomzodlar partiyaning saylovoldi dasturi va unda ilgari surilgan masalalar bo’yicha mahlumotlar berdilar.
Jumladan dasturda sud-huquq sohalaridagi o’zgarishlar, tibbiyot, xalq tahlimi, oliy ta’lim, maktabgacha tahlim bo’yicha keng miqyosdagi maqsadlar ko’zda tutilayotganligi saylovchilarni qanoatlantirdi. “Adolat har bir inson uchun”, “Adolat bor joyda taraqqiyot bor”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Adolat qonun ustuvorligida” singari maqsadlar kelgusida partiya uchun dasturilamal bo’lishi tahkidlandi. Saylovoldi uchrashuvlari Bo’ston, Arabmozor, Tog’liq, Ko’lariq mahallalarida ham uyushqoqlik bilan o’tkazildi.
G’. YuldashYev,
O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi.
****
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati—O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan 113-Toshloq saylov okrugidan respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod O’zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i Maqsudjon Raxmatdjanovich Kendjaevning toshloqlik saylovchilar bilan uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda. Jumladan Quyi Yakkatut, Varzak, Bo’ston, Yangiyo’l, Chek, Qumariq, Axshak, Xo’jaariq, shuningdek Quva tumanining Damariq, Kandibuloq singari mahallalarida ana shunday uchrashuvlar saylovchilarning faol ishtirokida o’tkazilishi ta’minlandi.
—Partiyamizning saylovoldi dasturida “Har bir oila—tadbirkor” degan oliyjanob g’oyani izchillik bilan hayotga tadbiq etish, jamiyatda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, maktabdan boshlab oliy tahlim muassasalariga qadar tadbirkorlik darslarini o’tish, to’garaklar faoliyatini yo’lga qo’yish, Tadbirkorlar akademiyasi, sohaga qiziqayotgan yoshlar uchun esa konsalg’ting markazlarini tashkillashtirish o’rin olgan,—deya ta’kidladi nomzod.
O`zLiDe’ining yoshlar tomonidan o’z biznesini yo’lga qo’yish, startap loyihalarini amalga oshirish, yoshlar tadbirkorligi klasterlarini yaratishga qaratilgan choralar qo’llab-quvvatlanganligi saylovchilarga manzur bo’ldi. O’z navbatida nomzodning ana shu ezgu niyatlarni amalga oshirishdagi shaxsiy, aniq maqsadlarga yo’naltirilgan fikr-mulohazalari ham saylovchilar tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlandi.
A. O’rmonova,
O`zLiDe’ tuman Kengashi raisining birinchi o’rinbosari.