Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


IMTIYOZ VA IMKONIYAT ISHONCHDIR

 2019-12-17 16:10:17    275

PDF yuklash
Chop etish


Farmon va ijro

IMTIYOZ VA IMKONIYAT  ISHONCHDIR

Respublikamiz Prezidentining “Savdo va xizmat ko’rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni yurtimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar yaratish bilan birgalikda ularning mas’uliyatini ham yanada oshiruvchi hujjat bo’ldi. Mazkur farmonning uchinchi bandiga muvofiq onlayn nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga o’tadigan tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator imtiyozlar berildi.

Jumladan ana shunday tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amaldagi fiskal xotiraga ega bo’lgan nazorat kassa mashinalari ishlatish, kassir operatsiyachi tomonidan nazorat kassa daftarini yuritish hamda ish kuni oxirida har bir nazorat kassa mashinasi uchun kunlik hisobotni chiqarib olish majburiyatlari bekor qilinadi. Shuningdek kunlik o’rtacha naqd pul tushumi miqdoridan qat’i nazar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o’zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega bo’ldilar. Bundan tashqari virtual kassa dasturiy mahsulotning asos qismi (bazasi) ularga  O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan bepul berilishi belgilandi.

Farmon bilan belgilandiki jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari yoki chegirma (diskont) kartalariga ommaviy oferta shartlari asosida o’tkazilgan bonuslar (pul, ball va boshqa birliklar) shaklidagi mablag’lar jismoniy shasxlardan olinadigan daromad solig’i bazasi sifatida qaralmaydi. Shuningdek endilikda jismoniy shaxslarning uy xo’jaligi sharoitida, shu jumladan dehqon xo’jaligida yetishtirilgan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, sotishdan, shuningdek hayvonlarni tirik yoki ularni so’yib sotishdan oladigan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’idan ozod qilinishida realizatsiya qilingan mahsulot jismoniy shaxs yoki uning oila a’zolariga ajratilgan tomorqa yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish tartibi bekor qilinadi.


SH. AbdullaYev,

tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i.