Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


EHTIYOTKORLIK – SALOMATLIK GAROVIDIR!

 2019-12-26 17:22:26    276

PDF yuklash
Chop etish


Qish mavsumi boshlanishi munosabati bilan havo harorati keskin pasaydi. Bu esa aholi turar joy mavzelari, ko’p qavatli uylar, mahalla va qishloqlarda ko’pchilikning issiqlik energiyasiga bo’lgan ehtiyojini oshiradi. Ayniqsa tabiiy gaz bilan isitiladigan inshoot va xonadonlarda ayrim fuqarolar bu issiqlik manbasidan huda behuda foydalanib, o’z sog’liklarini xavf ostiga qo’yayotganini bilmaydilar. Xo’sh, tabiiy va is gazining tarkibi haqida bilasizmi, bu salomatlik uchun qanchalik darajada zarar yetkazishini-chi?

Yoqilg’i mahsulotlari ichida boshqalariga nisbatan xavfliroq bo’lgani bu tabiiy gaz hisoblanadi. Tabiiy gazdan foydalanganimizda go’yoki u to’liq yonayotgandek tasavvur uyg’otadi. Aslida u to’liq yonmasligi natijasida is gazi ajralib, xona ichidagi kislorod miqdori kamayadi. Is gazi iste’molchilar foydalanayotgan tabiiy gazning to’liq yonmasligi, ko’mir va organik moddalarning chala yonishidan hosil bo’ladigan birikmadir. U yuqori nafas yo’llari va a’zolariga kuchli ta’sir qilib, nafas yo’llari orqali butun organizmni, xususan markaziy asab tizimini zararlaydi. Bu kimyoviy birikmadan qator organik moddalar sintez qilinuvchi korxonalarda, garajlarda ventilyatsiya yomon bo’lganda, eshik, rom, poli yangi bo’yalgan, shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitida tabiiy gaz yonib turganda, pechka bilan isitiladigan uyda va isitish pechining shuvog’i yorilganda, dudburoni nosoz bo’lganda is gazi xonaga to’planib, odam organizmining zaharlanishiga olib keladi.

Isitish pechi dudburoni nosozligida, uning yo’li turli xil chiqindilar bilan to’silib qolganda, isitish pechi devor shuvoqlari buzilganda bunday isitish pechidan foydalanmang!

“O’zbekiston Respublikasi hududida turmushda gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari”ga asosan ko’p qavatli uylarda gaz plitadan xonani isitish uchun foydalanish taqiqlanganligi bejiz emas. Buning sabablaridan biri tabiiy gazning yonishida xonadagi kislorod hajmining kamayishiga, buning oqibatida tabiiy gaz chala yonib, is gazining ajralishiga olib keladi.

Ayrimlar gaz plitasini yoqib qarovsiz qoldiradi, isitish tizimlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlash va yong’in sodir bo’lishi hamda tabiiy va is gazlaridan zaharlanish holatlari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar sodir bo’lishi mumkin. Natijada kishilar turli xil tan jarohatlari olib yoki hayotdan ko’z yumishgacha boradilar.

Is gazidan zaharlanish jarayoni sodir bo’lsa birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatishda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Bemorni zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur. Agar u yuzaki nafas olayotgan yoki nafas olishi to’xtab qolgan bo’lsa, sun’iy nafas olishi uchun shart-sharoit yaratiladi. Agar bemor hushida bo’lsa, tanasining yuqori qismidagi kiyimlaridan bo’shatiladi, issiq choy yoki qahva ichiriladi.

Tabiiy va is gazlaridan zaharlanish holatlari bilan bog’liq noxush vaziyatlar yuz bersa:

- zaharlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish;

- “103” telefon raqami orqali “Tez tibbiy yordam”ga xabar berish;

- “104” telefon raqami orqali gaz ta’minoti idorasi navbatchi xodimiga qo’ng’iroq qilish;

- favqulodda vaziyatlar boshqarmasining avariya-qutqaruv xizmatiga murojaat qilishni yodda tutish muhim.

 

“Hududgaz Farg’ona” MCHJ Toshloq tuman filiali, Sanoat xavfsizligi  Davlat qo’mitasi Farg’ona Hududiy boshqarmasi ma’muriyatlari.