Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


«PREZIDENT ARCHASI» BAYRAM TANTANASI

 2019-12-28 14:06:27    213

PDF yuklash
Chop etish


tumanimizda ko’tarinki ruhda o’tib bolajonlar qalbi quvonchga to’ldi

Yangi yil bayramini barchamiz orziqib kutamiz. Albatta kichkintoy bolajonlar quvonchi, Qorbobo va Qorqizning tashrifi, yangi yil sovg’alari bilan bu bayram o’zgacha qiyofa aks etadi. Mamlakatimizning  barcha hududlarida  bo’lganidek  tumanimiz markazida ham «Prezident   archasi»  bayram  tantanasi  bo’lib o’tdi.

Bayram tadbirida tuman hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalaridan kelgan uch yuzga yaqin o’quvchi va tarbiyalanuvchilarni yangi yil bayrami bilan qutladilar.Tadbirda kichkintoylar  uchun  tuman "Barkamol  avlod"   bolalar markazining “Yog’du”  teatr jamoasi a’zolari tomonidan  tayyorlangan  “Sehrli sarguzasht” nomli sahnaviy ko’rinish namoyish etildi.

Shuningdek bayram tantanasida tuman “Rayxon” ashula va raqs xalq dastasining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar ham barchaga manzur bo’ldi.

Tadbir so’nggida bolalarga yangi yil sovg’alari topshirildi.