Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI: QO’SHTEPA VA YOZYOVONDA YUZ NAFARDAN YOSHLAR ISHGA JOYLASHDI

×

 2020-01-17 20:53:33    315

PDF yuklash
Chop etish


-Tumanimizdagi “Ismoiljon gilamlari ipakchilik” korxonasi haqida juda ko’p eshitgandim. Bugun uchrashuv sabab korxonada ishlab chiqarilayotgan gilamlarni ko’rib ko’zim quvnadi,-deydi o’zini  Zamiraxon Muhammadjonova deb tanishtirgan qiz.

Tadbirkor Ibrohimjon Sultonov 2500 nafar yoshlarga gilamdo’zlik kasbini o’rgatib, ularni ish bilan ta'minladi. Ayni kunlarda u yana yangi dastgohlar qurdi. Endi unga yosh tuquvchilar kerak. Uning taklifiga binoan Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev Qo’shtepa tumani yoshlari bilan  aynan “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasida uchrashdi. Darvoqe, shu bugun korxona tashkilotchisi va rahbari Ibrohimjon Sultonovni farg’onalik deputatlar O’zbekiston Oliy Majlisi Senati a'zoligiga saylagan edilar.   

Uchrashuvda Zamiraxon Muhammadjanova viloyat hokimini, senatorlikka saylangan ish beruvchini nemis tilida muborakbod etdi.

Bir qancha fan olimpiadalari qatnashchisi va g’olibi Zamiraxonga viloyat hokimi hayotiy baxt tiladi va  sovg’alar topshirdi.

Tumanda Chim ustida xokkey sport turi ommalashib bormoqda. Qo’shtepalik yoshlar sportning bu turi bo’yicha ko’plab yutuqlarni ham qo’lga kiritishga erishdilar. Shu boisdan  Nodira Jo’rayevaning “Shahartepa” MFY hududidagi 23-umumta'lim maktabida chim ustida xokkey maydonchasini qurish  taklifini kiritdi. Viloyat hokimi 1-chorak davomida ushbu hududda chim ustida xokkey maydonchasi qurib bitkazilishiga yetarli mablag’ ajratamiz, dedi.

Adiba Rahmatjonovaning iqtidorli yoshlarning she'riy kitoblarini chop etish haqidagi taklifi ham  viloyat hokimi tomonidan qo’llab- quvvatlandi va Yoshlar Ittifoqi tuman kengashiga yosh ijodkorlar  kitoblarini chop etish uchun 250 mln. so’m mablag’ ajratildi.

 Guljamol Mirzayeva tuman kutubxonalar kitob fondini boyitish uchun 10 ming dona kitob zarurligini aytgan edi, viloyat hokimi tumandagi barcha kutubxonalar uchun 50 ming dona kitob  olib kelinishi haqida topshiriq berdi.

Qo’shtepalik yoshlarning badiiy adabiyotga va ijodga bo’lgan qiziqishlari diqqatga sazovor. Qalbida ona vatan va xalqiga mehr muhabbati bo’lgan yoshlarning borligi bu jamiyatning baxtidir. Viloyat hokimi kelgusida yoshlar o’rtasida  turli tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish uchun 2,5 mlrd. so’m miqdorida mablag’ ajratiladi, deganida yoshlar quvonchini yashira olmadi.

Tumandagi maktablar ham e'tibordan chetda qolmadi. Ularga 200 ta kompyuter sovg’a qilindi.

 ***                 ***                ***  

Bugun shuningdek, Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev yozyovonlik yoshlar bilan ham uchrashdi. Hokim va yoshlar uchrashuviga tashrif buyurgan yoshlar dastlab tumanda ish faoliyatini boshlagan “Ipak tolalari” korxonasi bilan yaqindan tanishdilar. Shu yerning o’zida   yoshlarning viloyat hokimi bilan muloqoti bo’lib o’tdi.

         Yosh tadbirkorlar Mirxoji Ajamov yog’och o’ymakorligi ustaxonasi uchun 50 mln. so’m, Shavkatjon Fozilov plastik yashiklar ishlab chiqarish uchun 30 mln. so’m imtiyozli kredit masalasida yordam so’ragan edilar. Masala shu yerning o’zida, shu zahotiyoq hal qilindi.

-Bank kafolatini biz taqdim etamiz,-dedi tuman hokimi Y.Boyyigitov.

Hilolaxon Alijonova ijtimoiy muhim masalani o’rtaga tashladi. Tuman markazidagi “Urush yo’llarida” monumentini mukammal ta'mirlash lozim edi. Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev yoshlardagi bunday siyosiy faollikni qo’llab-quvvatladi. Tegishli idoralarga Hilolaxon bergan taklifni ijro etish topshirildi.

Oyatullo Rahmatullayev taklifi bilan tumanda “Yoshlar markazi”binosi quriladigan, Xayrixon Nabiyeva tashabbuskorligida yosh ijodkorlar asarlari to’plami chop etiladigan, Mirjalol Mirzaolimov so’roviga ko’ra tuman maktablariga 200 dona kompyuter beriladigan bo’ldi. Shuningdek,    tuman kutubxonasi uchun 150 mln so’m mablag’ hamda 50 mingta kitoblar  taqdim etilishini aytib o’tdi, hokim.

       Uchrashuvda yoshlarning barcha taklif va mulohazalari viloyat hokimi tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

Uchrashuv so’nggida Farg’ona davlat universiteti talabasi Hayotxon Nabiyeva barcha yozyovonlik yoshlar nomidan viloyat hokimiga e'tibor va g’amxo’rlik uchun tashakkur bildirdi hamda yangi she'riy to’plamini sovg’a qildi.

                                            Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.