Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MUNOSABAT

 2020-01-20 18:08:17    240

PDF yuklash
Chop etish


“Mahalla” gazetasining 51-sonida “Toshloq aholisi qish mavsumida ko’mir yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Bunga kim aybdor?” sarlavhali tanqidiy-tahliliy maqola chop etilgan. Ma’lumki, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish har bir hokimlik, davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig’ini, xattoki har bir xonadonning diqqat markazida turuvchi masaladir. Bu borada Toshloq tuman hokimligida ham Ishchi guruh tashkil etilgan.

Maqolada Toshloq tumani Furqat mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro Tohirjon Salimovdan olingan intervyuda fuqaro tomonidan bir oy avval navbatga yozilganligi, lekin ko’mirdan darak yo’qligi ta’kidlangan. Ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o’rganish davomida fuqaro T.Salimovga navbati kelganida dekabr oyi boshida bir tonna ko’mir mahsuloti olib berilishiga ko’maklashildi.

Shuningdek har bir mahalla kesimida aholining ko’mirga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan tadbirkorlar tomonidan ko’mir mahsuloti har bir ko’chaga olib borilib o’sha yerda belgilangan narxda sotilishi nazoratga olingan. Hozirgi kunda tumanimiz hududida 20 ga yaqin ko’mir sotish shahobchalari faoliyat olib bormoqda.

Maqolada Toshloq tumani Qamchifurush mahalla fuqarolar yig’ini raisi A.Roziqovdan olingan intervyuda esa tuman hokimligi tomonidan 300 tonnadan ortiq ko’mir olish bo’yicha berilgan taklif inobatga olinmagani, 132 tonna belgilab berilgan ko’mir mahsuloti tarqatilganda har bir xonadonga 50 kilogrammdan(aslida 230 kilagrammdan, 570 ta xonadon mavjud) to’g’ri kelishi, bu esa mavsumni ko’ngildagidek o’tkazish imkoni berilmasligi mahalla raisi tomonidan ta’kidlangan.

Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o’rganishlar jarayonida Qamchifurush mahalla fuqarolar yig’ini aholisining mavsum uchun 150 tonna ko’mir mahsulotiga ehtiyoj borligi aniqlandi. Bugungi kungacha mazkur ehtiyojning 11 tonnasi talon orqali olindi(hududdagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalar uchun), aholi tomonidan o’z xohishlariga ko’ra 100 tonnaga yaqin ko’mir mahsuloti savdo shahobchalari orqali erkin narxda sotib olindi, qolgan tonna bo’yicha kerakli chora-tadbirlar belgilangan.

Toshloq tuman hokimligi Axborot xizmati.