Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
2020-01-22 10:51:08 240
Tuman hokimligining majlislar zalida oilaviy ajrimlarni oldini olish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi. 2020 yil 16 yanvar kuni tuman hokimining “Tumanda oilaviy ajrimlarni oldini olish to’g’risida”gi 66-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida oilalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish, yarashtirish, ajrashishlarni oldini olish va kamaytirishga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirish uchun doimiy faoliyat olib boruvchi Ishchi guruhi shakllantirildi.
Yig’ilishda Ishchi guruhi a’zolari ishtirok etdi. Unda tuman hokimi o’rinbosarlari Sh.Isaboyev, M.Abdullayeva, tuman IIB boshlig’i o’rinbosari A.Kattabekov va “Oila” markazi tuman bo’limi rahbari M.Qoraboyeva, tuman “Nuroniy” jamg’armasi raisi O’.Karimovlarning ma’ruzalari eshitildi. Shundan so’ng ishchi guruhi a’zolarining qaror ijrosini to’liq ta’minlash bo’yicha joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan talab va takliflari o’rganib chiqildi.
Shuningdek tuman Majburiy ijro byurosi rahbari Sh.Mirzamatovning 2019 yilda alement undirilishi, oilaviy nomurosasizliklar borasida byuro tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti eshitildi. Hisobotda har bir mahalla kesimi bo’yicha raqamlar keltirildi. Ishchi guruhi tomonidan har bir oila bilan individual suhbat olib borish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Tadbir davomida har payshanba kuni ishchi guruhning yig’ilishi o’tkazilishi, har hafta davomida qilingan ishlar tahlilini olib borilishi, shuningdek sayyor sudlarni tashkil etish bo’yicha vazifalar belgilab olindi.
Toshloq tuman hokimligi Axborot xizmati.