Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI QABULIDA
2020-01-22 14:43:44 272
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining Toshloq tuman bo’limida tuman hokimi Sh.Abdusalomovning O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi qabuli o’tkazildi. Unda tuman hokimi o’rinbosarlari hamda fuqarolarning murojaatlariga daxldor davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabul davomida 30 nafar fuqaro murojaat etdi. Jumladan 2 ta muborak haj safariga borish, 5 ta tadbirkorlik, 5 ta yer ajratish va boshqa masalalardagi murojaatlar eshitildi. Konizar mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqarolar M.Yo’ldasheva va D.Teshaboyevalarning suyultirilgan gaz ballon olish masalasida qilgan murojaatlari tuman gaz idorasi tomonidan o’rganilib murojaat ijobiy hal etildi. Namunaviy arzon uy-joy olish masalasida Shodlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro Sh.Qodirov, Toshloq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro D.To’xtayeva, Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro M.Po’latova, Furqat mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro I.Abdullayeva hamda Zarkent mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro Sh.Madumarovalarning murojaatlari atroflicha o’rganilib, tushuntirishlar, hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha esa tavsiyalar berildi.
Fuqarolarning ishga joylashish, moddiy yordam masalalari bo’yicha murojaatlariga ham o’z vaqtida munosabat bildirilib tegishli mutasaddi rahbarlarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.