Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo’llab-quvvatlash
2020-01-27 14:26:37 274
2019 yil 28 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» PQ-4539-son Qarori bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
-2023 yil 1 yanvarga qadar Milliy katalog va Reestrga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushumi 100 mln. so’mdan oshgan, biroq 1 mlrd. so’mdan ko’p bo’lmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yagona soliq to’lov stavkasi 2 foiz (hozirgi kunda 4 foiz) miqdorida to’lanadi;
-hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha yangidan davlat ro’yxatidan o’tishda to’lanadigan davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat boji miqdorining
50 foizi miqdorida (amalda 100 foiz) o’rnatildi;
-Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni bo’yicha cheklovlar bekor qilindi;
-Pensiya jamg’armasiga belgilangan yagona ijtimoiy to’lovning 50 foizini to’lash tartibi shaharlarda ro’yxatdan o’tgan va aynan xalq amaliy san’ati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi «Hunarmand» uyushmasi a’zolariga ham tatbiq etildi (amalda 100 foiz).
-Dastur doirasida imtiyozli kreditlar ajratilish tartibi
-Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasida (hozirgi kunda 16 foiz);
-18 oy muddatga ajratiladi
-bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravaridan oshmagan miqdorda (55mln. 750 ming so’m)
Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan bank kreditlari foiz stavkalarining to’rtdan bir qismi ya’ni 25foizi qoplab beriladi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi tomonidan quyidagi yo’nalishlarga olingan kreditlar bo’yicha kompensatsiya taqdim etilmaydi.
- avval olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
- spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
- savdo-vositachi tashkilotlar va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag’larini shakllantirish;
- savdo ob’ektlari va umumiy ovqatlanish ob’ektlari qurishni moliyalashtirish;
- tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa o’yinlarni tashkil etish, shuningdek boshqa maqsadlar uchun uskunalar xarid qilish.
- kredit tarixi yomon bo’lgan, xususan, tijorat banklari kreditlari bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan qarzlari bor jismoniy va yuridik shaxslarga;
- byudjetga to’lovlar bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan qarzlari bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi
MUROJAT UCHUN TELEFONLAR:
Toshloq tuman Tadbirkorlikka ko’maklashish bo’limi
Uyali telefoni: 91-107-83-87
Toshloq tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi
Xizmat telefoni: 73-238-00-09
Toshloq tuman xokimligi Moliya bo’limi
Uyali telefoni: 98-274-10-08
Toshloq tuman Iqtisodiyot va sanoat bo’limi
Xizmat telefoni: 73-238-07-28