Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TADBIRKOR BO’LISH ISTAGINI BILDIRGANLARNI DAVLAT RO’YXATIDAN O’TKAZISH TARTIBI

×

 2020-01-27 15:06:11    296

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risidagi” 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-sonli qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 66-sonli qaroriga asosan tadbirkorlik sub’ektlarini elektron ro’yxatdan o’tkazish amalga oshiriladi.

1.     Yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlarni

davlat ro’yxatidan o’tkazish:

Elektron ro’yxatdan o’tishda ariza beruvchi tomonidan so’rovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Pasport ma’lumotlari;

Tadbirkorlik sub’ekti Davlat xizmatlari markaziga o’zi kelgan holda ro’yxatdan o’tishi uchun davlat boji eng kam oylik ish haqqining 1 barobari,

Tadbirkorlik subhekti o’z elektron ro’yxatdan o’tgan taqdirda davlat boji eng kam oylik ish haqqining 0,9 barobari miqdorida mablag’ to’lanadi.

2. Yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazish:

Elektron ro’yxatdan o’tishda ariza beruvchi tomonidan so’rovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Firma nomini tanlaydi.

Pasport ma’lumotlari;

Davlat tilidagi ta’sis hujjatlari (Nizom, MCHJ lar uchun 1 kishidan ortiq bo’lsa Ta’sis shartnoma, fermer xo’jaliklari uchun tuman hokimining yer maydoni ajratish to’g’risida qarori);

Tadbirkorlik sub’ekti Davlat xizmatlari markaziga o’zi kelgan holda ro’yxatdan o’tishi uchun davlat boji eng kam oylik ish haqqining 1 barobari,

Tadbirkorlik sub’ekti o’zi elektron ro’yxatdan o’tgan taqdirda davlat boji eng kam oylik ish haqqining 0,9 barobari miqdorida mablag’ to’lanadi.

3. Yuridik shaxslarni qayta ro’yxatdan o’tkazish:

Elektron ro’yxatdan o’tishda ariza beruvchi tomonidan so’rovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

o’zgartirish va (yoki) qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qaror;

davlat tilidagi yangi tahrirda ta’sis hujjatlari;

o’zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar;

Tadbirkorlik sub’ekti Davlat xizmatlari markaziga o’zi kelgan holda ro’yxatdan o’tishi uchun davlat boji eng kam oylik ish haqqining 0,5 barobari

Tadbirkorlik sub’ekti o’zi elektron ro’yxatdan o’tgan taqdirda davlat boji eng kam oylik ish haqqining 0,45 barobari miqdorida mablag’ to’lanadi.

 MUROJAT UCHUN TELEFONLAR:

Toshloq tuman Tadbirkorlikka ko’maklashish bo’limi

Uyali telefoni: 91-107-83-87

Toshloq tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi

Uyali telefoni: 98-276-10-08

Toshloq tuman hokimligi Moliya bo’limi

Xizmat telefoni: 73-238-00-09

Toshloq tuman Iqtisodiyot va sanoat bo’limi

Xizmat telefoni: 73-238-07-28